avatar
Куч
32.19
Рейтинг
+14.01

Bahriev Sardor Qurbonaliyevich

Мақолалар

Chet - tillarni o’rganishdan maqsad nima?

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq har o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi sinflarida chet tillarini o‘rgatish boshlandi. Bolalarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi uchun mashg‘ulotlar o‘yin tarzida va og‘zaki nutq darslari shaklida olib borilmoqda.


 


Odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi «yo‘q» deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi tilni o‘rganish shart emas, deb o‘ylaydi. Ammo biron-bir tilni o‘rganish kerakmi-yo‘qmi, degan savolga xolis javob olmoqchi bo‘lsangiz, chet tilini bilmaydiganlardan emas, xorijiy tilni biladigan odamdan so‘rab ko‘ring. 


 


Har bir til o‘ziga xos jihati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Xuddi bizning tilda bo‘lgani kabi boshqa tillar ham o‘zida xalqning o‘tmishini aks ettiradi. Til o‘rganishning afzalliklarini uni mukammal o‘zlashtirmaguningizcha bilolmaysiz. Xorijiy tilni o‘rganish asnosida o‘sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishasiz. Bu til o‘rganishni boshlagan ilk kunlaringizdanoq sezilmaydi, ammo uni yaxshi va mukammal egallaganingiz sari hayot yanada yorqin va rang-barang ekanligiga amin bo‘lasiz. Zamonaviy psixologiya fani chet tilini o‘rganish inson xarakterini ham qisman o‘zgartiradi, degan fikrni ilgari surmoqda. Xorijiy tilni o‘rganishdan hayiqib, «menga shu til kerak bo‘larmikan?» deb o‘ziga savol beruvchilar, shubhalaringiz bekorligiga ishonavering.